Biz yechim yaratadigan sohalar

Kompaniyamiz tomonidan ishlab chiqiladigan materiallar va funksional qo‘shimchalar qayta ishlash jarayonlarining barqarorligi, mahsulot xususiyatlarining yuqori darajada takrorlanuvchanligi, sohaviy standartlarga to‘liq muvofiqlik hamda ishlab chiqarish samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadigan turli sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.

Technoplastic tomonidan taklif etilayotgan yechimlar qadoqlash va plyonka ishlab chiqarish, qurilish hamda muhandislik buyumlari, tibbiyot, kabel, elektronika va elektrotexnika, avtomobilsozlik, shuningdek, maishiy va texnik buyumlar, profillar hamda quvurlar ishlab chiqarish kabi keng ko‘lamli sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladi.

Biz ishlab chiqayotgan materiallarning real ekspluatatsiya sharoitlarida hamda seriyali ishlab chiqarish jarayonlarida barqaror ishlashini, belgilangan texnik va funksional talablarni to‘liq qondirishini hamda yuqori ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashini kafolatlaymiz.

Avtokomponentlar (Automotive)

Ekspluatatsion yuklamalarga bardosh beradigan, zarba mustahkamligi, issiqlikka chidamliligi va geometriya barqarorligi talab qilinadigan materiallar.

Tipik mahsulotlar:

PP GF (shisha tola bilan mustahkamlangan), PP T (talk), PP Impact (zarbga chidamli), UV-barqarorlashtirilgan yechimlar, FR (olovga chidamli modifikatsiyalar).

Tipik buyumlar:

Interyer elementlari, texnik detallar, montaj qismlar, korpuslar.

Soha talablari:

Geometriya barqarorligi, iqlimga chidamlilik, past cho‘kish darajasi (usadka).

Elektrotexnika va elektronika (Electrical & Electronics)

O‘lchamlar barqarorligi, olovga chidamlilik va issiqlik yuklamalariga bardoshlilik muhim bo‘lgan materiallar.

Tipik mahsulotlar:

PP FR, korpuslar uchun modifikatsiyalangan PP, ABS / ABS-kompaundlar (Techabryl™), UV va issiqlikka barqarorlashtiruvchi qo‘shimchalar.

Tipik buyumlar:

Asbob korpuslari, rozetkalar, razyomlar, elektr komponentlari.

Soha talablari:

Gabarit barqarorligi, yong‘inga chidamlilik, xavfsizlik standartlariga muvofiqlik va uzoq muddatli mustahkamlik.

Qurilish va muhandislik buyumlari (Building & Engineering Products)

Yuqori mexanik yuklamalar, iqlim ta‘siri va uzoq muddatli ekspluatatsiya sharoitlariga mo‘ljallangan materiallar.

Tipik mahsulotlar:

PP T, PP UV, PP GF, PP Ba (oshirilgan zichlik va barqarorlik uchun).

Tipik buyumlar:

Texnik komplektatsiya qismlari, tashqi elementlar, montaj mahsulotlari.

Soha talablari:

Yuqori mustahkamlik, UVga chidamlilik, past deformatsiya.

Qadoqlash va plyonka (Packaging & Films)

Rafiya, plyonka, tara va qadoqlash materiallari uchun barqaror qayta ishlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan yechimlar.

Tipik mahsulotlar:

CaCO₃ bilan to‘ldirilgan kompaundlar, UV-stabilizatorlar, oqimni yaxshilovchi modifikatorlar, oq va rangli TechnoAdd™ masterbatchlari.

Tipik buyumlar:

Qoplar, plyonka, big-beglar, termoformalash tarasi.

Soha talablari:

Nuqsonlarni kamaytirish, ip mustahkamligi, iqlimga chidamlilik.

Maishiy va texnik buyumlar (Consumer & Technical Goods)

Buyumlarning yuzasi yuqori darajada estetik, rangi barqaror va seriyali ishlab chiqarishda qayta ishlashga qulay bo‘lishini ta‘minlaydigan materiallar.

Tipik mahsulotlar:

PP Impact, PP Color, PP Filled, ABS Techabryl™

Tipik buyumlar:

Maishiy texnika korpuslari, konteynerlar, mebel elementlari, tovar korpuslari.

Soha talablari:

Mukammal tashqi ko‘rinish, silliqlik, bosimga chidamlilik.

Profillar va quvurlar (Profiles & Pipes)

Barqaror ekstruziya, yuqori mustahkamlik va uzoq xizmat muddati uchun mo‘ljallangan polimer tizimlar.

Tipik mahsulotlar:

PP UV, PP T, ekstruziyaga moslashtirilgan PP, iqtisodiy ekstruziya uchun CaCO₃ asosidagi tizimlar.

Tipik buyumlar:

Profil konstruksiyalari, quvurlar, kanallar, texnik armatura.

Soha talablari:

Deformatsiyaga chidamlilik, iqlimga nisbatan barqarorlik, takrorlanuvchan geometriya.

Nega Technoplastic turli sohalarga mos keladi

Nega Technoplastic turli sohalarga mos keladi
Muhandislik yondashuvi

Yechimlar narxga emas, aniq vazifa va ehtiyojlarga qarab ishlab chiqiladi

Ichki laboratoriya

Doimiy xomashyo nazorati, mexanik sinovlar, MFI, UV va rang barqarorligi tekshiruvlari o‘tkaziladi

Jarayonlar sertifikatlangan

Biz ISO 9001 / 14001 / 45001 standartlari asosida ishlaymiz

Har partiyada barqarorlik

Ishlab chiqarish rejimlari va sifat standartlari qat‘iy tartibga solingan

Moslashuvchan retseptura

Uskunaga, retsiklat xomashyoga va import talablariga moslashtirish imkoni mavjud

Moddiy foyda

Nuqsonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish va mahsulotning umumiy tannarxini pasaytirishga yordam beradi

Material yoki texnologik yechim tanlashda yordam kerakmi?

Material bo‘yicha texnik topshiriqni yuborish