Technoplastic

Zamonaviy muhandislik-ishlab chiqarish kompaniyasi bo‘lib, sanoat uchun mo‘ljallangan polimer kompaudlar va masterbatchlarni loyihalash hamda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

 

Biz plastmassani qayta ishlovchilar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilamiz. Ular uchun xomashyoning barqaror sifati, prognoz qilinadigan qayta ishlash jarayoni va nuqsonlarni minimallashtirish muhim. “Universal” materiallar o‘rniga biz har bir loyiha vazifalari va uskunangizning texnik xususiyatlariga moslashtirilgan individual yechimlarni taklif qilamiz.

Biz:

• bosim ostida quyish, ekstruziya va termoformovka uchun retsepturalar ishlab chiqamiz;

• zarbaga chidamlilik va issiqlikka bardoshlilikdan tortib, qattiqlik va tashqi ko‘rinish kabi maqsadli xususiyatlarga erishish uchun to‘ldiruvchi va qo‘shimchalarning optimal kombinatsiyasini tanlaymiz;

• kompaudlarni ishlab chiqarishga joriy etish jarayonida to‘liq hamrohlik qilamiz: sozlash bo‘yicha tavsiyalar beramiz, sinov partiyalarini yetkazib beramiz va ishga tushirishda ishtirok etamiz;

• barqarorlik va ekspluatatsion xususiyatlarni saqlagan holda, ikkilamchi PP asosida yechimlar yaratamiz.

 

 

Bizning vazifamiz – xomashyo xavf manbasi emas, sizning brendingiz ostida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun ishonchli vositaga aylanishini ta‘minlash.

Asosiy qarashlarimiz

Biz Technoplastic kompaniyasini sanoat uchun ishonchli muhandislik hamkori sifatida ko‘ramiz. Bu — “yana bir material” emas, balki ishlab chiqarish jarayoniga aniq moslashtirilgan polimer yechimi zarur bo‘lganda murojaat qilinadigan hamkor. Bunday yechim ishlab chiqarishning barqaror ishlashini va mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.

Bizning missiyamiz

Bizning missiyamiz – xomashyo xususiyatlari va texnologik risklarni muhandislik yechimlari asosida samarali boshqarish.
Biz yaratadigan polimer yechimlar ishlab chiqarishni yanada barqaror, kutilmagan risklardan holi va samarali jarayonga aylantiradi.

Korporativ madaniyatimiz

Madaniyatimiz asosida muhandislik tafakkuri, mas‘uliyat va mijozning faoliyatiga hurmat turadi.
Biz faktlar, ma‘lumotlar va sinovlarga tayangan holda ishlaymiz. Imkoniyat va cheklovlar haqida ochiq gapiramiz, retseptura va jarayonlar bilan ehtiyotkorona va aniq ishlaymiz.
Biz uchun muhimi – shunchaki material yetkazib berish emas, balki uning ishlab chiqarish liniyangizda real natija berishini ta‘minlash.

Qadriyatlarimiz

• Puxta muhandislik – polimer tizimlari va texnologik jarayonlarni tushunamiz, shunchaki prays-list bilan cheklanmaymiz.

• Barqarorlik va sifat – har partiyada barqaror natijani ta‘minlash biz uchun maqsadli xususiyatlar kabi muhim.

• Hamkorlik – biz “yetkazib beruvchi – xaridor” modelida emas, mijoz texnologlari bilan yagona jamoa sifatida ishlaymiz.

• Mas‘uliyat – Technoplastic taklif qilgan material va uning real ishlab chiqarishdagi natijasi uchun javob beramiz.

• Rivojlanish – polimerlar, texnologiyalar va qo‘llash sohalarida tajribamizni doimiy kengaytirib boramiz.

Kompaniya tarixi

Technoplastic tarixi O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida 2017-yilda tashkil etilgan “Royal Plast” MChJ dan boshlanadi. Dastlabki yillardan boshlab kompaniya nafaqat ishlab chiqarish joyi, balki polimer materiallar sohasida kompetensiya markazi sifatida ham shakllandi. Shu jarayonda muhandislik yondashuvi bilan kompaudlashga asoslangan faoliyat vujudga keldi.

Tajriba va amalga oshirilayotgan loyihalar murakkabligi ortib borgani sari kompaniya faoliyati oddiy polimerni qayta ishlashdan aniq belgilangan xususiyatlarga ega materiallar yaratish bosqichiga o‘tdi. Retsepturalarni muayyan uskuna, mahsulot va sanoat buyurtmachilarining talablariga moslashtirish ustuvor yo‘nalishga aylandi.

2022-yilda Technoplastic brendi ostida muhandislik-ishlab chiqarish yo‘nalishining shakllanishi kompaniya rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘ldi. Bu qadam mahalliy qayta ishlovchi korxonadan rivojlangan R&D infratuzilmasiga ega kompaniyaga o‘tish bosqichi bo‘ldi. Laboratoriya salohiyati yaratildi va mustahkamlandi, standartlashtirilgan sinov metodikalari joriy etildi, shuningdek termoplastlarning keng spektri — PP, PE, ABS, SAN, PS, PC, PBT, PA6, PA66 va boshqalar bilan ishlash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda Technoplastic — bu shunchaki ishlab chiqaruvchi emas, balki sanoat uchun ishonchli muhandislik hamkoridir. Kompaniya amaliy tajriba, chuqur laboratoriya tahlillari va aniq retseptura yondashuvini uyg‘unlashtirgan holda, ishlab chiqarish jarayonlarida barqarorlikni, prognoz qilinadigan natijalarni hamda yuqori samaradorlikni ta’minlovchi polimer yechimlarni yaratadi.

Barqarorlik

Barqarorlik

Biz uchun barqarorlik – bu nafaqat materiallarning sifati, balki atrof-muhit va insonlarga nisbatan mas‘uliyatli yondashuvda ham aks etadi. Technoplastic boshqaruv tizimi xalqaro sifat, ekologiya va mehnatni muhofaza qilish standartlari talablariga muvofiq shakllantirilgan. Biz mijozlar ishlab chiqarishida nuqson va qayta ishlash hajmini kamaytirishga intilamiz. Bu esa resurs sarfini, uskunaga tushadigan yuklamani va ekologik xavfni kamaytirishga xizmat qiladi. Sifat nazorati tizimi tufayli material xususiyatlarining har partiyada yanada barqarorlashib borishini kafolatlaymiz. Technoplastic boshqaruv tizimi ISO 9001:2015, ISO 14001:2015 va ISO 45001:2018 xalqaro standartlari bilan tasdiqlangan.

Innovatsiyalar

Innovatsiyalar

Biz uchun innovatsiya — bu shunchaki moda atamasi emas, balki retsepturalar, texnologik jarayonlar va ma’lumotlar bilan olib boriladigan kundalik tizimli mehnatdir. Biz doimiy ravishda polimerlar, qo‘shimchalar va to‘ldiruvchilarning yangi kombinatsiyalarini sinovdan o‘tkazamiz, yangi vazifalar va sanoat tarmoqlari uchun kompaudlar hamda masterbatchlar liniyalarini yaratamiz, shuningdek tajriba va mijozlardan olinadigan fikr-mulohazalar asosida yechimlarni bosqichma-bosqich takomillashtirib boramiz.Bizning maqsadimiz — Technoplastic’ning har bir yangi yechimi shunchaki “yana bir mahsulot” emas, balki muhandislik samaradorligi yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lishidir.

Sertifikatlarimiz

Sertifikatlarimiz
Sertifikatlarimiz
Sertifikatlarimiz

Material yoki texnologik yechim tanlashda yordam kerakmi?

Material bo‘yicha texnik topshiriqni yuborish