Technoplastic muhandislik markazi
Muhandislik ekspertizasi, laboratoriya tahlili va aniq retseptura ustida ishlash – barqaror sanoat jarayonining asosi. Technoplastic mijozlarni barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlaydi, mahsulotni tahlil qilishdan tortib barqaror seriyali qayta ishlashgacha, texnologik risklarni boshqarib, jarayonni yengillashtirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, biz polimer yechimlarni aniq xomashyo, uskunalar va ekspluatatsiya sharoitlariga mos ravishda ishlab chiqamiz va moslashtiramiz, bu orqali ishlab chiqarishda oldindan prognoz qilinadigan natija va sifatning takrorlanishini ta‘minlaymiz.
1. Bizning yondashuvimiz
Technoplastic muhandislik markazi texnologlar, polimer kimyogarlar va qayta ishlash bo‘yicha mutaxassislar tajribasini bir joyda jamlagan. Biz shunchaki material tanlamaymiz, biz sizning uskunangiz, xomashyongiz va mahsulotingizga mos yechim yaratamiz.
Yondashuvimizning asosi:
• ma‘lumotlar tahlili;
• standartlashtirilgan sinovlar;
• retsepturalarni real qayta ishlash sharoitlariga moslashtirish;
• har bir bosqich barqarorligini nazorat qilish.
2.1. R&D va retseptura yechimlari
Muayyan vazifalar uchun yangi kompaundlar va masterbatchlar yaratamiz:
• mexanik xususiyatlar, qattiqlik, zarbga chidamlilik
• issiqlikka chidamlilik, oquvchanlik, UV-himoya
• soha standartlariga muvofiqlik
• muayyan uskunalarga moslashtirish
• import o‘rnini bosuvchi retsepturalar
• ikkilamchi polimerlarni samarali qayta ishlash uchun yechimlar
Biz PP, ABS, PE, SAN, PS, PC, PBT, PA6, PA66 kabi termoplastlarning keng turkumlari bilan ishlaymiz.
2.2. Laboratoriya sinovlari
Laboratoriyamiz sifat nazoratining to‘liq siklini o‘z ichiga oladi:
• MFI (oquvchanlik ko‘rsatkichi)
• mexanik sinovlar (mustahkamlik, zarbga chidamlilik)
• UV-barqarorlik va iqlimiy testlar
• rang barqarorligi va spektrofotometriya
• DSC, Vicat, HDT
• partiyalarning kirish va chiqish nazorati
Har bir ishlab chiqilgan retseptura joriy etilishidan oldin sinovdan o‘tib, tasdiqlanadi.
2.3. Mahsulot va xomashyo tahlili
Nimalar o‘rganiladi:
• mahsulot konstruktsiya
• funksional talablar
• ekspluatatsiya sharoitlari
• soha standartlari
• ishlatilayotgan xomashyo va uning cheklovlari
• mijoz uskunalarining parametrlari
Tahlil asosida materialga qo‘yiladigan aniq texnik talablarni shakllantiramiz.
2.4. Tajriba-sanoat jarayonlari
Muhandislarimiz quyidagi holatlarda kuzatuvga chiqishadi:
• qayta ishlash parametrlarini sozlash
• retsepturani liniyaning real ishlash sharoitiga moslashtirish
• nuqsonlarni tahlil qilish
• optimal harorat va tezliklarni tanlash
• jarayon barqarorligini tasdiqlash
Biz seriyali ishlab chiqarishda barqaror natija olinmaguncha ishga tushirish jarayonini kuzatib boramiz.
2.5. Qayta ishlash jarayonlarini optimallashtirish
Technoplastic xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishga yordam beradi:
• ishlab chiqarish siklini qisqartirish
• mo‘rtlik, nuqsonlar va deformatsiyani kamaytirish
• oqimlilikni oshirish
• rang va tashqi ko‘rinish barqarorligini ta‘minlash
• qayta ishlashni yaxshilash uchun qo‘shimcha va modifikatorlarni tanlash
• nuqson va chiqindilar ulushini kamaytirish
Muhandislik markazi korxona texnologlari bilan bir butun jamoa sifatida ishlaydi.
2.6. Vazifaga mos material tanlash
Biz universal mahsulot emas, balki aniq vazifaga mos material ishlab chiqamiz:
• muayyan mahsulot uchun
• aniq bir uskuna uchun
• iqlim sharoitiga ko‘ra
• buyurtmachining talablariga asosan
• tannarx va ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra
Yechim ma‘lumotlar, sinovlar va real qayta ishlash rejimlariga asoslangan holda tanlanadi.
3. Technoplastic laboratoriyasi
Laboratoriya tahlil va nazorat uchun quyidagi uskunalar bilan jihozlangan:
• rang tahlili uchun spektrofotometr
• MFI-tester
• zarba mayatniklari
• iqlimiy sinovlar uchun uskunalar
• namunalarni tayyorlash uchun presslar va pechlar
• xomashyo va tayyor partiyalarni nazorat qilish tizimi
• termo va UV-yuklamalar uchun dasturlashtiriladigan stendlar
Har bir partiya ichki reglament va ISO/ASTM xalqaro standartlari asosida nazoratdan o‘tkaziladi.
4. Kompetensiyalarimiz
• retsepturalarni muhandislik asosida loyihalash
• nuqsonlar sabablarini tahlil qilish va bartaraf etish
• muayyan texnologik jarayonlar uchun kompaud va qo‘shimchalarni tanlash
• to‘ldiruvchilar bilan ishlash: CaCO₃, talk, GF, BaSO₄
• kompozitlarni yupqa devorlar, yuqori oquvchanlik va zarbaga chidamlilik uchun moslashtirish
• murakkab buyumlar va sohaviy talablarga mos materiallar ishlab chiqish
5. Muhandislik markazi faoliyati natijalari
Bizning yechimlarimiz quyidagilarga imkon beradi:
• nuqson va chiqindilarni kamaytirish
• qayta ishlash jarayonini barqarorlashtirish
• rang va xususiyatlarning oldindan prognoz qilinadigan natijasini ta‘minlash
• ishlab chiqarish siklini qisqartirish
• mahsulotlar ishonchliligini oshirish
• ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish
• import o‘rnini bosishni ta‘minlash