Ishlab chiqarishda barqarorlikni ta‘minlovchi muhandislik-polimer materiallari

Technoplastic qayta ishlash jarayonini osonlashtiradigan, mahsulotlarning barqaror xususiyatlarini kafolatlaydigan hamda sanoat liniyasida nuqsonlarni kamaytiruvchi kompaudlar va masterbatchlarni loyihalaydi va ishlab chiqaradi.

Sinovlar va seriyali ishlab chiqarishda o‘zini oqlagan muhandislik yechimlari.

Biz haqimizda

Technoplastic – polimer kompaudlar va masterbatchlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan muhandislik-ishlab chiqarish korxonasi. Faoliyatimiz seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lib, mahsulot xususiyatlarining takroriyligi va texnologik jarayonning barqarorligini ta‘minlaydi.

Biz haqimizda

Yechimlarimiz

Techpolen™ PP kompaud

Bu maxsus qo‘shimcha va to‘ldiruvchilar bilan boyitilgan modifikatsiyalangan polipropilen. U mahsulot xususiyatlarini barqarorlashtirish, yuqori mustahkamlik va oson qayta ishlash imkonini beradi.

Qayerda qo‘llaniladi:

  • Avtosanoat
  • Maishiy texnika
  • Qurilish sohasi
  • Elektrotexnika
Batafsil

Techabryl™ ABS kompaud

Bu maxsus modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar bilan takomillashtirilgan ABS-plastik bo‘lib, yuqori darajada zarbaga chidamlilik, barqaror texnik xususiyatlar va sifatli tashqi ko‘rinishga ega.

Qayerda qo‘llaniladi?

  • Avtomobil detallari
  • Maishiy texnika
  • Elektronika sohasi
  • Qurilish elementlari
Batafsil

TechnoAdd™ Masterbatch

Bu polimer asosidagi qo‘shimcha yoki pigmentlar konsentrati bo‘lib, plastmassalarni ranglash va ularning xususiyatlarini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. U tarkibiy qismlarning bir tekis taqsimlanishini ta‘minlaydi.

Qayerda qo‘llaniladi?

  • Polimerlarni modifikatsiya qilish
  • Qayta ishlash jarayonini yaxshilash
  • Materialni himoya qilish
  • Mahsulot sifatini oshirish
Batafsil

Technoplastic afzalliklari

Technoplastic afzalliklari
Muhandislik yondashuvi

Yechimlar narxga emas, aniq vazifa va ehtiyojlarga qarab ishlab chiqiladi

Har partiyada barqarorlik

Ishlab chiqarish rejimlari va sifat standartlari qat‘iy tartibga solingan

Ichki laboratoriya

Xomashyo nazorati, mexanik sinovlar, MFI, UV va rang barqarorligi tekshiruvlari doimiy o‘tkaziladi

Moslashuvchan retseptura

Uskunaga, retsiklat xomashyoga va import talablariga moslashtirish imkoni mavjud

Jarayonlar sertifikatlangan

Biz ISO 9001 / 14001 / 45001 standartlari asosida ishlaymiz

Moddiy foyda

Nuqsonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish va mahsulotning umumiy tannarxini pasaytirishga yordam beradi

Technoplastic – barqaror natija, kafolatlangan sifat

Ishlab chiqarishda sifat va ishonch ustunligi

Minimal chiqindi va nuqsonlar

Aniq xususiyatlarga ega mahsulotlar

Rang va mexanik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy natijalar

ISO 9001 / 14001 / 45001 sertifikatlari

Optimal tannarx va ishlab chiqarish sikli

Yutuqlarimiz raqamlarda

12 000+

tonna yillik ishlab chiqarish quvvati

2000+

mijozlari bilan amalga oshirilgan loyihalar

300+

loyihalashtirilgan polimer markalari

2017

polimer muhandisligi bozorida faoliyat yuritamiz

Technoplastic muhandislik markazi

Technoplastic muhandislik markazi

Muhandislarimiz har bir loyihani boshidan oxirigacha to‘liq kuzatib boradi:

  • mahsulot, xomashyo va uskunalarning chuqur tahlili
  • individual retseptura ishlab chiqish
  • laboratoriya sinovlari
  • tajriba-sanoat jarayonlari
  • yechimni barqaror seriyaga o‘tkazish
Maqsadimiz – ishonchli va mustahkam natija.
Batafsil

Aniq vazifalarga mos real yechimlar

Korpuslar deformatsiyasi

Muammo: qizdirilganda mahsulot geometriyasini yo‘qotardi.
Yechim: o‘lcham barqarorligi uchun nukleator qo‘shilgan PP blok T30.
Natija: cho‘kish –28%, nuqson –40%, mahsulot shakli barqarorlashdi.

Qishda avto detallarining mo‘rtlashishi

Muammo: past haroratlarda yorilishlar paydo bo‘lardi.
Yechim: zarbaga chidamlilikni oshirish uchun PP blok + 15% EPDM.
Natija: zarbaga chidamlilik 3 baravar oshdi, qishki reklamatsiyalar bartaraf etildi.

Qolipning to‘liq to‘lmasligi

Muammo: xomashyo yaxshi oqmasligi va qolipga yopishishi.
Yechim: sirpanishni yaxshilash uchun 8% oleamid qo‘shilgan PP.
Natija: to‘lish darajasi +35%, sikl –12%, ishlab chiqarish jarayoni barqarorlashdi

Barqaror ishlab chiqarish

Retsiklat
asosidagi
yechimlar
Chiqindilar
hajmini
kamaytirish
Ekologik jihatdan
muvofiq
retsepturalar
Mijozlarning
ESG-talablariga
moslashish

Hamkorlarimiz

Yangiliklar

2024-yil 23-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Yangi Hayot sanoat texnoparkiga tashrif buyurdi

Manzil: “Yangi Hayot” texnoparki, Toshkent shahri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi “Yangi Hayot” sanoat texnoparkiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida davlat rahbari texnoparkning joriy faoliyati bilan tanishdi, faoliyat yuritayotgan korxonalarni ko‘zdan kechirdi hamda uning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

“Yangi Hayot” texnoparki zamonaviy sanoat loyihalarini joylashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish uchun muhim maydon sifatida qaralmoqda.

Sana: 2024-yil 23-noyabr

Batafsil

Material yoki texnologik yechim tanlashda yordam kerakmi?

Material bo‘yicha texnik topshiriqni yuborish